//= get_resource_url() ?>
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi kunduzgi va sirtqi yo‘nalishlarga abituriyentlar qabulini e’lon qiladi! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-avgustdagi PQ-5227-sonli qarori asosida tashkil etilgan (litsenziya raqami №037588) ushbu Akademiyada 2023-2024 o‘quv yilida quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olishingiz mumkin.
Kunduzgi ta’lim kontrakt summasi:
Mehnat muhofazasi — 17 mln. so'm
Hayot faoliyati xavfsizligi — 14 mln. so'm
Inson resurslarini boshqarish — 17 mln. so'm
Ijtimoiy ish — 14 mln. so'm
Psixologiya — 17 mln. so'm
Menejment — 20 mln. so'm
Yurisprudensiya — 30 mln. so'm
Sirtqi ta’lim bo’yicha kontrakt summasi:
Mehnat muhofazasi — 15 mln. so'm
Hayot faoliyati xavfsizligi — 13 mln. so'm
Inson resurslarini boshqarish — 15 mln. so'm
Ijtimoiy ish — 13 mln. so'm
Psixologiya — 15 mln. so'm
Menejment — 18 mln. so'm
Yurisprudensiya — 27 mln. so'm
Akademiyada o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar hujjatlarini kunduzgi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2023-yilning 1-mayidan 25-avgustiga qadar, sirtqi ta’lim bo‘yicha 2023-yilning 1-mayidan 25-noyabr sanasiga qadar quyidagi https://atso.uz havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Abituriyentlar quyidagi hujjatlarni taqdim etilshlari lozim:
Pasport fotonusxasi
O‘rta maxsus ma'lumot to‘g‘risidagi diplom yoki 11-sinfni bitirganligi to‘g‘risidagi shahodatnomaning fotonusxasi
Abituriyent surati (3x4, 300 dpi shaklida)
Imtihonlar Akademiya binosida offline shaklida o‘tkaziladi.
Bakalavriat talim yo’nalishlari bo’yicha imtihonlar quyidagi fanlardan topshiriladi:
Mehnat muhofazasi — matematika
Hayot faoliyati xavfsizligi — matematika
Inson resurslarini boshqarish — matematika
Ijtimoiy ish — matematika
Psixologiya — biologiya
Menejment — matematika
Yurisprudensiya — huquqshunoslik
Qabul bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni Akademiya murojaatlar markazidan olishingiz mumkin: tel: (71) 265-01-54, (71) 265-01-64
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, “Alisherobod” MFY, Milliy bog‘ ko‘chasi, 7-uy